Putin Baydenni g‘alaba bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 7 noyabr kunidan dunyo rahbarlaridan tabriklar qabul qilib ola boshlagan Baydenni Putin tabriklashga shoshilmagandi. Kremldagilar buni rasmiy natijalarni kutish shartligi bilan izohlashgandi.

Foto: VALERY SHARIFULIN/TASS
Telegrammada Putin saylangan prezidentga katta muvaffaqiyatlar tilagan hamda global xavfsizlik va barqarorlik uchun alohida mas'uliyatni zimmasiga olgan Rossiya va AQSh o‘zaro kelishmovchiliklarga qaramasdan, hozirda dunyoda yuzaga kelgan ko‘plab muammolar va chaqiriqlarni hal qilishga hissa qo‘shishga qodirligiga ishonch bildirgan.
Rossiyaliklar yetakchisi «o‘zaro aloqalar va hamkorlik»ka tayyor ekanini qayd etgan.
14 dekabr kuni saylovchilar hay'ati ko‘pchilik ovoz bilan demokrat Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovlarining g‘olibi deya tasdiqladi. Baydenga 306 saylovchi, Trampga 232 saylovchi ovoz berdi. G‘alaba uchun 270ta ovoz yetarli edi. 2021 yilning 6 yanvarida bu natija Senat va Vakillik palatasining qo‘shma majlisida tasdiqlanadi. 20 yanvar kuni saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi.
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp shu vaqtgacha mag‘lubiyatini tan olmagan va saylovlarda ommaviy soxtalashtirishlar ro‘y berganini aytib, sudlarga murojaat qilgan. Uning huquqshunoslari sudlarga o‘nlab turli da'volar bilan murojaat qilib, ovozlarni qayta sanash yoki natijalarni bekor qilishni talab qildi. Sudlar ulardan ba'zilarinigina qondirdi, ammo bu saylov natijalariga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmadi.
Putin shoshilmadi
AQShda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkazilgandi. 7 noyabr kuni Amerikadagi nufuzli nashrlar Jo Baydenning g‘alabasi haqida e'lon qila boshlashdi. Ko‘plab dunyo rahbarlari o‘sha kuniyoq Baydenni saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabriklashgandi, ammo Kremldagilar rasmiy natija e'lon qilinmaguncha tabrik yo‘llashga shoshilmadi.
9 noyabr kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida Vladimir Putin ovoz berish natijalari rasman e'lon qilingandan so‘ng AQShning saylangan prezidentini saylovlardagi g‘alabasi bilan tabriklashini ma'lum qildi.
«Putin AQShning saylangan prezidentini g‘alaba bilan tabriklashi haqidagi savolingizni oldindan bilgan holda, men quyidagilarni aytmoqchiman: biz saylov natijalarining rasmiy e'lon qilinishini kutish to‘g‘ri deb bilamiz», degandi u.
Kreml vakili Putin to‘rt yil avval Putin yakuniy natijalarni kutmasdan Donald Trampni g‘alabasi bilan tabriklagani haqidagi savolga ham javob bergandi: «Farqi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozirda amaldagi prezident tomonidan e'lon qilingan muayyan huquqiy protseduralar bor. Shu sababli rasmiy e'lonni kutishni to‘g‘ri deb bilamiz», degandi prezident matbuot kotibi.
14 noyabr kuni Peskov Kreml AQShning saylangan prezidentini rasmiy natijalar e'lon qilinganidan so‘ng tabriklashini va'da qildi. U Kreml AQShdagi saylovdan keyin Baydenning jamoasi bilan aloqaga chiqmaganini ma'lum qilgandi.
26 noyabr kuni Peskov yana bir marta Moskva saylovning yakuniy rasmiy natijasini kutayotganini takrorladi. Putinning qaroriga dunyoning aksar davlatlari Baydenni tabriklab bo‘lgani ta'sir ko‘rsatish-ko‘rsatmasligiga javoban Peskov shunday degandi: «Mutlaqo yo‘q».
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:13
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi

15:07 / 03.05.2025
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

12:59 / 03.05.2025
CNN: Putin Ukrainada «qisqa muddatli maqsadlar»ga e’tibor qaratishni boshladi

15:16 / 01.05.2025