Aholi xonadonlari is gazini barvaqt aniqlaydigan gazoanalizatorlar bilan ta'minlanadi
O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligini ta'minlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Foto: AFP/ Barbara Sax
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- yong‘in xavfsizligini ta'minlashning yangi tizimini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash;
- aholi xonadonlarini metan, propan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, xabar beradigan va gazni tarmoqdan klapan orqali uzib qo‘yadigan gazoanalizatorlar bilan ta'minlashni tashkil etish;
- yangi turar joy majmualari qurilgan, ma'muriy markazdan uzoqda joylashgan hamda yong‘inlarni tezkor bartaraf etish imkoniyati cheklangan hududlarda qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari hisobiga yong‘in-qutqaruv qismlari (postlari)ni tashkil etish;
- yong‘in xavfsizligini ta'minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;
- yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 1 mart, ijro uchun mas'ullar - Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi

23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi

23:32 / 30.01.2024