Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsionerlarga nisbatan tayinlangan jazolar yengillashtirilmasligi ma'lum qilindi
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo yengillashtirilmasligi, amaldagi qonun hujjatlariga bu borada tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilayotganini ma'lum qildi.

«Jinoyat kodeksimiz liberalligi bilan tanilgan. Aytaylik, jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan tayinlangan jazo jinoyatning og‘irlik darajasi, ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda, shuningdek, jazoning muayyan muddatini o‘tagan, bu jarayonda tuzalish yo‘liga o‘tgan taqdirda jazoning o‘talmay qolgan qismini manzil koloniyasida o‘tash imkoni berilishi yoki tayinlangan jazo axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi mumkin.
Shuningdek, ayrim hollarda mahkumlar shartli ravishda jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod qilinadi.Shu sababli ham ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar belgilangan jazo muddatidan oldinroq qamoqdan chiqqan holatlar uchrab turadi.
Korrupsion jinoyatlar og‘ir jinoyatlar sirasiga kirishini inobatga olgan holda, bunday moddalar bilan ayblangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan yengilliklar qo‘llanmaydi. Buni ko‘rgan boshqa mansabdor o‘ziga tegishli xulosa chiqarishiga umid qilinmoqda.
Bundan tashqari, prezident farmoni bilan korrupsion jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni og‘irlashtirish masalasi ham qo‘yilgan. Qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali hamda amaliyotni o‘rgangan holda ushbu vazifani ham bajaramiz, deb o‘ylayman», deya Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Oliy sud mulozimiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati shakllantirilishi kutilmoqda.
«Prezident farmonida Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilab berish vazifasi qo‘yilgan. Bu nima beradi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Afsuski, fuqarolarimiz korrupsiya deganda, ko‘proq pora olish va pora berish, bu jarayonda vositachilik qilishnigina tushunishadi. Aslini olganda, davlat xizmatchisi o‘zi egallab turgan lavozimi yoki moddiy mansabdor shaxsning moddiy javobgarligida bo‘lgan mulklardan noqonuniy boylik orttirish yo‘lidagi har bir harakati korrupsion jinoyatni keltirib chiqaradi.
Masalan, aybdorga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksining 167-moddasi) JKning iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiritilgan. Pora olish, berish va ushbu jarayonda vositachilik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, xo‘jalik sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda ham davlat organi vakillarining aralashuvi korrupsion jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
Prezident farmonida belgilangan topshiriqqa ko‘ra, qonun loyihalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali korrupsion jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilab berilishi kutilmoqda. Natijada nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, balki fuqarolar ham korrupsion jinoyatlar deganda qanday jinoyatlar nazarda tutilishini aniq tasavvur qilish imkoniga ega bo‘lishadi», deydi Ikrom Muslimov.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori imzolangan edi. Qaror bilan O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri tashkil etilishi, unga kiritilgan shaxslar davlat xizmatiga qabul qilinmasligi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod ko‘rsata olmasligi va boshqa taqiqlarga duchor bo‘lishi belgilangan edi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

09:34 / 09.08.2025
Moldovada saylovlardagi korrupsiya ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazilmoqda

09:35 / 06.08.2025
Rossiyada yil boshidan buyon 99 nafar top-amaldor korrupsiyada ayblandi

07:04 / 06.08.2025
«Mediazona»: Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga donatlar bo‘yicha 76 ta ish ochildi

23:30 / 02.08.2025