Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi
“Turkiston islom harakati” terroristik tashkiloti a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi.

Foto: DXX
O‘zbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan U.S. xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan U.S. 1998 yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketgan.
Shuningdek, U.S. iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.
U.S. 2001 yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida U.S. hibsga olindi.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
Mavzuga oid

10:16 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi

14:31 / 28.11.2024
Xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

15:10 / 11.10.2024