Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp va Snapchat Rossiyada yirik jarimaga tortildi
Moskvaning Taganskiy tumani sudi WhatsApp LLC’ni rossiyaliklarning ma’lumotlarini mahalliylashtirishni qayta rad etgani uchun 18 million rubl, Snap Inc’ni 1 million rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Foto: Picture Alliance
Moskvaning Taganskiy tumani sudi Meta korporatsiyasiga tegishli WhatsApp LLC’ni WhatsApp messenjerining rossiyalik foydalanuvchilari ma’lumotlarini mahalliylashtirishni qayta rad etgani uchun 18 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. 28 iyul, payshanba kuni Amerika kompaniyasi RF MJTKning 13.11-moddasi 9-qismi bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud kartotekasida qayd etilishicha, qaror sudya Timur Vaxrameyev tomonidan qabul qilingan.
Shu kuni Moskvaning Taganskiy tumani sudi Amerikaning Snap Inc kompaniyasini o‘ziga tegishli Snapchat messenjerining rossiyalik foydalanuvchilari ma’lumotlarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun 1 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. «Snap Inc. RF MHTKning 13.11-moddasi 8-qismi (operator tomonidan RF fuqarolari shaxsiy ma’lumotlarini RF hududida joylashgan ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda to‘plashda shaxsiy ma’lumotlarni hisobga olish, tizimlashtirish, saqlashni ta’minlash majburiyatini bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilsin», - deya qarorni e’lon qilgan sudyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks».
WhatsApp Inc. kompaniyasi 2014 yil oktyabridan beri Meta korporatsiyasi (avvalgi - Facebook) tarkibiga kiradi. 2022 yil mart oyida Tverskoy sudi RF Bosh prokuraturasining talabiga binoan Meta Platforms Inc. faoliyatini Rossiyada taqiqladi. 2021 yil avgustida WhatsApp rossiyalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun 4 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan edi.
Snapchat - mobil qurilmalar ekranida bir necha soniyaga paydo bo‘ladigan va keyin yana yo‘qolib qoladigan, lekin Snapchat serverida qoladigan fotosuratlar, video hamda xabarlar almashish imkonini beruvchi messenjer. Servis, ayniqsa, Yevropa va Shimoliy Amerika yoshlari orasida mashhur. Messenjerning kunlik foydalanuvchilari soni 300 million kishidan oshadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

20:18 / 18.07.2025
Rossiyada WhatsApp’ni bloklashga tayyorlanishmoqda

14:34 / 24.06.2025
AQSh Kongressida WhatsApp ilovasidan foydalanish taqiqlandi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025