O‘zbekiston | 15:00 / 20.08.2022
4612
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 22-27 avgust kunlari futbol bo‘yicha Mirabror Usmonov xalqaro xotira turnirini bo‘lib o‘tadi

Taniqli davlat arbobi, o‘z ishining chin fidoyisi, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ulkan hissa qo‘shgan.

Mirabror Zufarovich 2006-2017 yillar davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yilning 15 mart kuni vafot etgan.

O‘FF sobiq prezidenti, marhum Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan ushbu turnirda 16 yoshgacha bo‘lgan 4ta jamoa — O‘zbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etadi. 

Uchrashuvlar vaqti va stadionlar:

1-TUR

22.08.2022

19:00 O‘zbekiston-Eron, “Jar” stadioni

23.08.2022

16:00 Tojikiston – Yaponiya “Lokomotiv” stadioni

2-TUR

25.08.2022

16:00 Eron – Tojikiston “Jar” stadioni

17:00 Yaponiya - O‘zbekiston “Paxtakor” stadioni

3-TUR

27.08.2022

15:30 Yaponiya - Eron “Jar” stadioni

17:00 O‘zbekiston – Tojikiston “Paxtakor” stadioni 

Ma’lumot uchun, 22-avgust kuni o‘yin boshlanishidan 30 daqiqa oldin turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘tmishni yod etib, bo‘lajak futbol yulduzlarining o‘yinidan bahramand bo‘ling! 

Barcha uchrashuvlarga kirish bepul!

Mavzuga oid