Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgan shaxs birinchi marta sudlandi
27 yoshli erkak shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Foto: JOHAN NILSSON
Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgan shaxs mamlakat sudi tomonidan ilk bor millatlararo adovat qo‘zg‘ashda aybdor deb topildi va shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Qur’onning yoqib yuborilishi birinchi marta sud hukmiga olib keldi, deb yozdi BBC.
Ilgari Shvetsiya prokuraturasi bunday shaxslarga qarshi ayblov qo‘ymagan va bu harakat so‘z va fikr erkinligi haqidagi qonunchilikka asosan ekanini aytib kelayotgan edi.
Linchyoping shahri sudi 27 yoshli yigitni «etnik guruhga qarshi tashviqot»da aybdor deb topib, uning harakatlari «din sifatida islomni emas, balki musulmonlarni nishonga olgani»ni qayd qildi.
Ayblanuvchi 2020 yilda Qur’onni yoqib yuborib, jarayon videolavhasini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan edi. Videolavha «Kabobni yo‘qoting» («Remove Kebab») degan qo‘shiq bilan montaj qilindi. Bu qo‘shiq o‘tgan asrning 90-yillaridagi Bolqon urushi paytida paydo bo‘lgan va musulmonlarni qirib tashlashga chaqiriq sifatida qabul qilingan.
Ayblanuvchi hech qanday huquqbuzarlik sodir etmaganini va o‘zining xatti-harakati shunchaki Islomni din sifatida tanqid qilish ekanini aytdi. Biroq sud bu dalilni qabul qilmadi.
«Sud ushbu lavha uchun tanlangan musiqani musulmonlar e’tiqodiga ishora bilan tahdid qilishdan boshqacha talqin etish mumkin emas, deb hisoblaydi», deyiladi hukmda. «Videoning mazmuni va uni tarqatish shakli shuni ko‘rsatadiki, ayblanuvchining asosiy maqsadi tahdid va nafratni ifodalashdan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas».
Bu Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilgan yagona holat emas. Eng rezonansli epizod yanvar oyida Turkiya elchixonasi yonida aksilislomiy fikrlari bilan tanilgan o‘ta o‘ng siyosatchi, Daniya fuqarosi Rasmus Paludan tomonidan sodir etilgan edi.
Shvetsiya hukumati muqaddas kitoblarni tahqirlashni qoraladi, biroq bu harakatlar mamlakat qonunlariga zid emasligini qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

18:43 / 07.08.2025
Yakkasaroyda mehmonxona qurilishi bo‘yicha sud davom etmoqda

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025