Samarqandda fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Fermer ota va uning o‘g‘li kelishilgan puldan 35 ming dollar olayotganda ushlangan.

Foto: IIB
Samarqand viloyati Nurobod tumanida fermerlardan biri o‘g‘li bilan birgalikda fermer xo‘jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo‘lganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX tomonidan Nurobod shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 63 yoshli fermer xo‘jaligi rahbari, X.L. va uning o‘g‘li fuqaroga Nurobod tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yerni 70 ming dollarga sotishini hamda tuman hokimligi va kadastr bo‘limidagi tanishlari orqali uning nomiga hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 35 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

17:03 / 28.04.2025
Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025