Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yo‘ldoshi Yevropani tadqiq etish uchun parvozga tayyor. Uni kosmosga SpaceX kompaniyasining Falcon Heavy tashuvchi raketasi olib chiqadi.

Foto: NASA
NASA’ning Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yo‘ldoshi Yevropani tadqiq etish uchun parvozga tayyor.
NASA saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, kosmik apparat Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchiriladi. Uni kosmosga chiqarishda SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Falcon Heavy tashuvchi raketasidan foydalanish rejalashtirilgan. Missiya qiymati — 5,2 milliard dollar.
«Bu milliardlab yillar oldin yashash uchun yaroqli bo‘lgan emas, balki hayot uchun hozir — ayni vaqtda yaroqli olamni o‘rganish imkoniyati», — deydi dasturning ilmiy xodimi Kurt Nibur.
Katta quyosh panellari tufayli Clipper NASA tomonidan boshqa bir sayyorani tadqiq etish uchun qurilgan eng yirik apparatga aylanadi. U Yupiterga 5,5 yilda yetib boradi va Yevropa yuzasidan 25 kilometr uzoqlikdan o‘tadi — bu boshqa har qanday kosmik apparatdan sezilarli darajada yaqin demak.
Yevropa — Galiley tomonidan 1610 yilda ochilgan Yupiterning 95 ta tabiiy yo‘ldoshidan biridir. Uning o‘lchami xuddi Oyniki kabi bo‘lib, tabiiy yo‘ldosh yuzasi 15-24 kilometr qalinlikdagi muz qatlam bilan qoplangan. Olimlarning hisoblashicha, muzlik ostida okean joylashgan bo‘lib, uning tubi 120 kilometrni tashkil etadi. «Xabbl» teleskopi sayyora yuzasida otilayotgan geyzerlarni payqagan.
Yupitergacha bo‘lgan aylanma masofa 3 milliard kilometrga teng. Kosmik apparat keyingi yilning boshida Mars yonidan uchib o‘tadi va 2030 yilda Yupiterga yetib boradi. Sayyora orbitasi bo‘ylab harakat davomida u Yevropa bilan 49 marotaba uchrashadi. Missiya 2034 yilda Ganimedga — Yupiter va Quyosh tizimidagi eng katta tabiiy yo‘ldoshga qulash orqali yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

07:31 / 12.07.2025
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda

13:20 / 11.07.2025