Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston prezidenti parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar sabab Konstitutsiyaviy sudga da’vo kiritadi
Salome Zurabishvili muxolifat yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin da’vo arizasini sudga 19 noyabr kuni ertalab yuborishini ma’lum qildi.

Foto: Sputnik
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili 26 oktyabr kungi parlament saylovlarida ovoz berish maxfiyligi ommaviy ravishda buzilgani yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga da’vo arizasini kiritadi. Bu haqda u muxolifat yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.
U da’vo arizasini sudga 19 noyabr kuni ertalab yuborishini bildirgan.
«Mamlakatdagi birorta institut endi mustaqil emasligini barchamiz bilamiz. Va biz buning isbotini bir necha marta ko‘rdik, ammo mamlakatdagi biror-bir yuridik bahs ko‘rib chiqilmasdan qolishi kerak emas. Sudga da’vo kiritishimdan maqsad — tanlov oldida turgan sudyalarning vijdonini to‘liq sinovdan o‘tkazish — men qanday davlatni xohlayman, men bu mamlakatni kim bilan ko‘rishni xohlayman va bu mamlakat qayerga borishi kerak. Ularning javobi ham bundan kam ahamiyatli bo‘lmaydi», — deydi Zurabishvili.
26 oktyabr kuni Gurjistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, hukmron «Gurjiston orzusi» yetakchilik qildi. Prezident Zurabishvili hamda muxolifat natijalarni tan olmadi. AQSh Davlat departamenti esa xalqaro kuzatuvchilar xulosalarini tekshirishga chaqirdi.
Noyabr boshida ovoz berish maxfiyligi buzilganligi sababli 30 ta saylov uchastkasida saylov natijalari bekor qilindi. Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi 53,9 foiz ovoz olib, parlament saylovlarida rasman g‘alaba qozondi.
Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili prokuraturaga so‘roq uchun borishdan bosh tortdi, u parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish haqidagi so‘zlari yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirilgandi. «Men prokuraturaga bormayman», dedi Zurabishvili 30 oktyabr kuni ingliz tilida o‘tkazgan matbuot anjumanida.
Zurabishvili o‘zining soxtalashtirish dalillarini taqdim etish uchun prokuraturaga chaqirilishini ahamiyatsiz deb atadi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, tergovni prokurorlarning o‘zlari olib borishi kerak. «Har qanday standart tergovda dalil to‘plash tergov idorasining zimmasidadir, men hech qachon tergov idorasi prezidentdan saylovlar bilan bog‘liq dalillarni taqdim etishni so‘raganini ko‘rmaganman», dedi Zurabishvili.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

12:07 / 26.07.2025
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

08:44 / 09.07.2025
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi

14:02 / 01.07.2025
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi

14:59 / 14.06.2025