AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
«Ba’zi dastlabki belgilar» samolyotning Rossiya havo mudofaasi ta’sirida halokatga uchrashi ehtimolini ko‘rsatadi, dedi Jon Kirbi. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tegishli razvedka ma’lumotlariga ega.

Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar AZAL Ozarboyjon aviakompaniyasining samolyoti Rossiyaning havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganligi ehtimolini bildiradigan «ba’zi dastlabki belgilar»ni ko‘rmoqda. Bu haqda Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi 27 dekabr, juma kuni jurnalistlar savollariga javoban aytib o‘tdi.
Kirbi davom etayotgan tergovga tayanib, batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi. Qo‘shma Shtatlarda bu xulosaga kelish uchun razvedka ma’lumoti bormi yoki Vashington shunchaki ekspertlarning halokatni vizual baholashlariga asoslangan taxminlariga tayanyaptimi, degan savolga Kirbi «ha» deb javob berdi, ammo qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.
O‘z navbatida, ikki amerikalik harbiy amaldor juma kuni NBC News telekanaliga ma’lum qilishicha, AQShning razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ruslar Ozarboyjon laynerini uchuvchisiz uchoq sifatida noto‘g‘ri aniqlagan va havo hujumidan mudofaa vositalarini qo‘llagan bo‘lishi mumkin. Bu qisman samolyotning tartibsiz parvoz yo‘li va balandligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, dedi ular. Biroq ular tergov hali ham davom etayotganini ta’kidladilar.
Bokudagi deputat: Rossiya samolyot halokati uchun uzr so‘rashi kerak
Rossiya tomoni Azerbaijan Airlines (AZAL) fuqarolik samolyotini havo hujumidan mudofaa raketasi bilan urib tushirgani uchun uzr so‘rashi kerak, dedi Ozarboyjon parlamenti deputati Rasim Musabekov 26 dekabr kuni kechqurun mahalliy Turan nashriga bergan intervyusida. «Samolyot Rossiya hududida, Grozniy osmonida urib tushirilgan va buni inkor etib bo‘lmaydi», — deyiladi Musabekov bayonotida. Deputat — Ozarboyjon Majlisining Xalqaro munosabatlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi.
Musabekovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada «vaziyatga adekvat munosabatda bo‘lish va uzr so‘rash» o‘rniga, «ba’zi odamlar o‘z izlarini yashirish uchun ommaviy axborot vositalarida muayyan harakatlar qilyapti». «Buni sodir etganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, odamlarning o‘limi va qurbonlar uchun tovon puli to‘lanishi kerak, agar bu sodir bo‘lmasa, munosabatlar, albatta, boshqa darajaga o‘tadi», dedi parlamentariy.
Deputat, shuningdek, Ozarboyjon tomoni «2020 yilning 44 kunlik urushi» paytida Rossiya harbiy vertolyoti halokati uchun uzr so‘ragani va tovon to‘lagani, unga ko‘ra aybdorlar jazolanganini eslatdi. «Agar havo mudofaasi ishlagan bo‘lsa, unda hech kim uchib kelmasligi uchun aeroport yopilishi kerak edi», — dedi Musabekov.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
Mavzuga oid

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

17:43 / 10.05.2025