Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi yetakchilari birgalikda daraxt ekdi
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen Samarqand shahridagi Kongress markazi xiyobonida ikki tup eman ekdi.
Ta’kidlanishicha, ko‘chat ekish marosimi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik va sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir ramzi bo‘ldi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev, Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayyen Samarqand Xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi.
Mehmonlarga o‘zbek xalqining badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.
Mavzuga oid

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

23:57 / 11.06.2025
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

17:35 / 11.06.2025