Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
Rheinmetall qurolsozlik konserni hamda Lockheed Martin korporatsiyasi Yevropada qo‘shma korxona ochadi. Ushbu korxonaning yillik quvvati 10 mingta raketa ishlab chiqarishga yetadi.

Foto: Lockheed Martin
Germaniyaning Rheinmetall qurolsozlik konserni va AQShning Lockheed Martin harbiy sanoat korporatsiyasi raketalar ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropada qo‘shma korxona ochishga qaror qildi, deb xabar beradi Hartpunkt.
Xususan, ular HIMARS va M279 MLRS reaktiv zalp o‘t ochish tizimlari uchun 300 hamda 150 kilometr uzoqlikka uchishga qodir ATACMS va GMLRS snaryadlari, dronlar va samolyotlar uchun Hellfire va JAGM raketalari, shuningdek, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun PAC-3 raketalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Rheinmetall bosh direktori Armin Pappergerning ma’lum qilishicha, uning kompaniyasi Lockheed Martin bilan kelajakdagi qo‘shma korxonaning 60 foizini qo‘lga kiritish niyatida. Bunday korxonani ochish zarurati Yevropa talablarini qondirish uchun AQShda ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli emasligi sabab yuzaga kelmoqda.
«Ba’zida Amerikadan raketalarni olish uchun o‘n yil kutishga to‘g‘ri keladi — bu juda uzoq muddat. Shuning uchun ikki hamkor Yevropada raketalar bo‘yicha «kompetensiya markazi»ni yaratishga qaror qildi», — deydi Papperger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, korxonaning yillik quvvati 10 mingta raketa va shuncha dvigatel ishlab chiqarishga yetadi. Loyiha AQSh hukumati tomonidan ma’qullangach, ishlab chiqarish liniyasi 12–13 oy ichida tayyor bo‘ladi. Loyihada to‘liq vertikal integratsiya va ayrim qo‘shma ishlanmalar ko‘zda tutilgan. Barcha intellektual mulk huquqlari Yevropa tomoniga tegishli bo‘ladi. Dvigatellar 2026 yildan raketalar esa 2027 yilda boshlab ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Papperger potensial daromadni 5 milliard yevroga baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buyurtmachilarning talabi yiliga 600-800 ta ATACMS, 2500 ta GMLR, 5000 ta Hellfires, 5200 ta JAGM va 300 ta PAC-3ʼni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, yevropalik mijozlar 300 kilometrgacha uchishga qodir ATACMS’ni ma’qul ko‘rmoqda, Germaniya esa 500-600 kilometr radiusdagi nishonlarni ishg‘ol qilishga qodir raketalarni qo‘lga kiritishni xohlayapti.
Lockheed Martin yangi PrSM’ni ishlab chiqarishni boshlayotgani sabab ATACMS ishlab chiqarilishini to‘xtatmoqda. Shu bois Amerika shartnomalarini yangi zavod orqali bajarish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti, bu 1-2 milliard yevro miqdorida birinchi aylanma mablag‘larini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Peppergerning prognozlariga ko‘ra, Patriot uchun raketalarga yuqori talab mavjud Ukraina buyurtmalari sabab yangi korxona yuklamalari tezda oshadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

07:40 / 25.07.2025
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

14:13 / 19.07.2025
Germaniya Patriot tizimlarini olish uchun navbatda birinchi bo‘lib turibdi

07:29 / 19.07.2025