Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Patriot tizimlarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Foto: U.S. Army/ABACAPRESS/picture alliance
Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukrainaga yetkazib berish uchun AQShdan Patriot zenit-raketa komplekslarini sotib olish rejalarini tasdiqladi. Bu haqda u 10 iyul, payshanba kuni Rimda Ukrainani qayta tiklashga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi.
«Biz AQShdan qo‘shimcha Patriot tizimlarini sotib olishga va ularni Ukrainaga berishga tayyormiz», — deya tasdiqladi Mers. «O‘tgan payshanba kuni men bu masalani AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qildim va undan ushbu tizimlarni yetkazib berishni ham so‘radim», — dedi kansler. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Germaniya mudofaa vazirlari tegishli muzokaralar olib bormoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
«Amerikaliklarning o‘zi bunday tizimlardan ba’zilariga muhtoj, lekin ularda tizimlar ko‘p», dedi Fridrix Mers Germaniya qancha tizim sotib olishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmasdan. OAV xabarlariga ko‘ra, gap ikkita kompleks haqida ketyapti.
2 iyul kuni OAV AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘, jumladan Patriot tizimi uchun tutuvchi raketalar, Stinger ko‘chma zenit-raketa komplekslari, NASAMS havo mudofaa tizimi va F-16 qiruvchi samolyotlari uchun raketalar yetkazib berishni qisman to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.
Donald Tramp ertasi kuni AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishini aytdi. U yetkazib berishning to‘xtatilishini o‘zidan oldingi davlat rahbari Jo Bayden «mamlakat omborlarini bo‘shatib qo‘ygani» va endi Qo‘shma Shtatlar o‘q-dorilari yetarli ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak ekani bilan izohladi.
Mavzuga oid

16:30
Mers Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 milliard yevro to‘lashi kerakligini aytdi

14:49
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

14:46
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi

14:11