Jirinovskiy: Davlat dumasida o‘lgunimcha qolaman

Foto: RIA "Novosti"
Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning ma'lum qilishicha, Federatsiyalar Kengashidan ketish niyatida emas. Uning aniqlik kiritishicha, Davlat dumasidagi yig‘ilishlarda “o‘lgunicha” qolmoqchi.
Bu haqda Jirinovskiy “Ma'nolar hududi” butunrossiya yoshlar forumi davomida aytib o‘tdi.
“Men Davlat dumasida oxirigacha, o‘lgunimcha qolaman, men yoshlarga ham aytdim: “Siz bilan bir kunda hayotdan ko‘z yumaman”, - deya RLDP yetakchisining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, u RLDP, RFKP va “Adolatli Rossiya”ga bitta partiya tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 fevral kuni Vladimir Jirinovskiy Rossiya liberal demokratik partiyasining raisi etib to‘rt yilga qayta saylangandi.
Mavzuga oid

10:07
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

18:20 / 28.04.2025
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:34 / 28.04.2025