Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi
Namangan viloyati Uychi tumanida katta tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yubordi, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

22 fevral kuni Namangan viloyati Uychi tumanida Lacetti voyaga yetmagan piyodani (2014 y.t.) urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Holat soat 15:10 atrofida Yakkatut mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Viloyat YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qiz yo‘lning ikkinchi tomonidagi do‘konga o‘tmoqchi bo‘lgan.
Xabarda Lacetti yuqori tezlikda harakatlanayotganda qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgani aytiladi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda hudud odamlar bilan gavjum bo‘lgani — u yerda ko‘plab mashinalar turganini ko‘rish mumkin.
Viloyat YHXB maktablarda YTH yuzasidan ota-onalar ishtirokida profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan. Yig‘ilishlarda ota-onalarning hushyorligini oshirish uchun viloyatda bolalar ishtirokida yuz bergan ayanchli avtohalokatlar aks etgan film qo‘yib berilgan.
YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025