Jahon | 00:57
14157
2 daqiqa o‘qiladi

Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Qorabog‘ni tiklash yo‘lidagi harakatlaridan minnatdor ekanini aytdi. Aliyev bu haqda Xonkandida o‘tkazilgan mediaforum doirasida o‘zbekistonlik jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘janing savoliga javoban gapirdi.

«O‘zbek birodarlarimizning qo‘llovi biz uchun juda muhim. Qorabog‘ni tiklash yo‘lidagi ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Fuzuliyda 960 o‘quvchiga moslashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochgandik», dedi Aliyev.

Sherzodxon Qudratxo‘ja forum davomida Ozarboyjon prezidentiga bir necha savollar berdi. Xususan, Zangezur koridori va Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev haqida so‘radi. Prezident Zanguzer koridori bir necha davlatni bog‘laydigan muhim arteriya bo‘lishini aytdi. Otasi haqida savolga esa ta’sirlanib javob berdi.

«Vatanimiz uchun qiyin damlarda xalqimizning baxtiga Haydar Aliyevdek odam bor edi. U o‘sha vaqt yosh emas, 70 ga kirgandi, salomatligida ham muammolar bor edi. Lekin u vaziyatni iziga tushira oldi. Otam Qorabog‘ ozod qilinishini eng ko‘p istagan odam edi, lekin, afsus, bu kunlarni ko‘ra olmadi»,  dedi Ilhom Aliyev.

Mavzuga oid