Kemerovodagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan Tojikiston fuqarosi medal bilan taqdirlandi

Foto: ria.ru
Rossiya tergov qo‘mitasi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazidagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan Tojikiston fuqarosi Farzon Salimovni mukofotladi.
RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastirkin 31 mart kuni Farzon Salimov va yana uch qutqaruvchini medal bilan taqdirladi. Bastirkin bu medallar — jasorat uchun ekani va ular haqiqiy matonat ko‘rsatgan kishilargagina berilishini ta'kidladi.
Farzon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, mukofot uning uchun kutilmagan bo‘lgan. U odamlarni nom chiqarish uchun emas, shunchaki insoniy burch sifatida qutqarganini aytgan. Farzonning aytishicha, halokatli kunda odamlarni qutqarishda boshqa tojiklar ham ishtirok etgan.
Tergov qo‘mitasi saytida ma'lum qilinishicha, "Poyabzal do‘koni Farzon Salimov o‘z xavfsizligi haqida o‘ylab ham o‘tirmay, yonayotgan binodan odamlarni olib chiqib, ularga yordam ko‘rsatgan".
Umuman olganda, olov qa'rida qolgan odamlarni qutqarishda Tojikistonning 5 nafar fuqarosi - "Zimnyaya vishnya" savdo markazining ikkinchi qavatidagi do‘konlar ishchilari ishtirok etishgan. Ular o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 50 dan ziyod kishini qutqarib qolishgan.
Farzon Salimov 2003 yildan buyon Rossiyada yashaydi. Shu yerda oliy ta'lim muassasasini tugallagan, fuqarolik olgan. Hozirda oila a'zolari bilan birga Kemerovoda istiqomat qiladi, uning uch nafar farzandi bor.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

10:30 / 27.05.2020
O‘zbekistonda yangi orden va medal ta'sis etildi

22:30 / 05.05.2020
Putin Kim Chen Inni medal bilan taqdirladi

15:58 / 30.04.2019
O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 medalni qo‘lga kiritdi

11:52 / 25.04.2019