O‘zbekiston | 14:01 / 25.04.2022
1199
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda tadbirkordan 5 400 dollar pora olgan XTB bosh mutaxassisi ushlandi

Nishon tumani xalq ta’limi maxsus ta’mirlash xizmati bosh mutaxassisi tadbirkordan 5,4 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament, DXX va IIB Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Nishon tumani xalq ta’limi bo‘limi maxsus ta’mirlash ekspluatatsiya xizmati bosh mutaxassisi J.I. tumandagi 2-sonli maktabning eski binosini buzib olish ishlarini olib borish uchun bo‘lim mudiri orqali “hamkorlik” shartnomasi rasmiylashtirib berishi evaziga “Q.T.” MChJ rahbaridan 5,4 ming dollar pora talab qilib, pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid