Sport | 14:27 / 27.02.2025
11670
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola Husanovni maqtadi: «U faqat futbol haqida o‘ylaydi. Suhbatlashsangiz faqat kulib turadi, klubda hamma uni yaxshi ko‘radi»

Foto: Getty images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Tottenhem» ustidan Londonda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin Abduqodir Husanovning harakatlari va xarakteridan xursandligini aytdi.

«Menga yoqadigan jihati, Husanov faqat futbol haqida o‘ylaydi. «Tottenhem»ga qarshi o‘yin uchun u Londonga hattoki tish shetkasisiz, faqat futbol o‘ynash uchun keldi. Unda ortiqcha buyumni ko‘rmaysiz. U bilan suhbatlashsangiz doim kulib turadi. Jamoada uni hamma yaxshi ko‘radi.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi tobora oshmoqda. Abduqodir juda tezkor, to‘p uzatishlari ham yaxshi. U o‘sishda davom etishi kerak, hali 20 yoshda. Men ko‘plab tezkor o‘yinchilarni ko‘rganman, Husanov ulardan biri. U mehnatkash, ishlashdan to‘xtamaydi. Muxlislarimiz ham uni yaxshi ko‘rishadi.

«Chelsi»ga qarshi o‘yinda APLdagi ilk sinovlarni yengib o‘tish oson emasdi, shunga qaramay u to‘siqlardan o‘tib, ishlashda davom etmoqda», - deydi Gvardiola.

Mavzuga oid